Ингредиенты:

Рецепт:

Спасибо за ваш вопрос! Мы обязательно ответим вам в ближайшее время
RU

"Shedroe Leto" mahsuloti bo'yicha O'zbekiston Respublikasida o'tkaziladigan "Shedroe Leto - har qanday taom siri" aksiyasi qoidalari

 

1. "Shedroe Leto - har qanday taom siri" promo aksiyasi (keyingi o'rinlarda - Aksiya) Shedroe Leto® savdo belgisiga va bevosita "Shedroe Leto" Qaymoqli ta'm® va "Shedroe Leto" (keyingi o'rinlarda - Mahsulot)ga nisbatan qiziqish hosil qilish va uni qo'llab-quvvatlash maqsadida Toshkent vaqti bilan (GMT+5) 2021-yil 10-may soat 00:00:00 dan 2021-yil 20-iyun soat 23:59:59 gacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi hududida iste'molchilarning noma'lum doiralari o'rtasida o'tkaziladi.

Aksiya lotereya yoki boshqa har qanday xatarga asoslangan o'yin hisoblanmaydi va Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada qatnashish bilan bog'liq mulkiy xatarlarni o'z zimmalariga olmaydilar.

 

 

 

2. Aksiyada quyidagi mahsulotlar qatnashadi:

 

  • «Shedroe Leto» Qaymoqli ta’m® 200 g.

  • «Shedroe Leto» Qaymoqli ta’m® 250 g.

  • «Shedroe Leto» Qaymoqli ta’m® 500 g.

  • «Shedroe Leto» Qaymoqli ta’m® 1000 g.

  • «Shedroe Leto» Shokolad va yong’oqli ta’m® 200 g.

  • «Shedroe Leto» Quritilgan o’rik ta’mli® 200 g.

  • «Shedroe Leto» Ziravorlar bilan mol go’shti ta’mli® 200 g.

  • «Shedroe Leto» Qo’ziqorin ta’mli® 200 g.

 

3. Aksiya "Asia Media Exchange Tashkent" MChJ (keyingi o'rinlarda Tashkilotchi) tomonidan yuridik manzili: Rossiya Federatsiyasi, Yekaterinburg sh., Titov ko'ch., 27 bo'lgan "Жировой Комбинат" AJ buyurtmasi asosida (keyingi o'rinlarda Buyurtmachi) o'tkaziladi.

 

4. Aksiyada ushbu Qoidalarning shartlarini 6-bandga muvofiq bajargan 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashish huquqiga ega.

Aksiyada boshqa mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirok etishlari taqiqlanadi.

 

5. Aksiyada qatnashish uchun quyidagilarga ruxsat berilmaydi: Buyurtmachining va Tashkilotchining ishchilari va ularning oila a'zolari; Tashkilotchi va Buyurtmachining manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar; belgilangan tartibda Tashkilotchi va Buyurtmachiga affillangan deb tan olingan shaxslar; Tashkilotchi va Buyurtmachi bilan fuqarolik-huquqiy, shartnomaviy va boshqa munosaabatlarni o'rnatgan va Aksiyani tashkil qilish va / yoki o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xodimlar va uchinchi shaxslarning vakillari, shuningdek ularning oila a'zolari; fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va boshqa davlatlarning fuqarolari.

 

6. Aksiya Ishtirokchisi bo'lish uchun Ishtirokchi So'rovnomasini to'ldirishingiz va Mahsulot bilan birga tayyorlangan taomning quyidagi talablarga javob beradigan retseptini @shedroe leto 2021 Telegram-boti-ga yuklashingiz kerak:

Retseptda quyidagilar bo'lishi kerak:

A) Ingredientlarning matnli tavsifi.

B) Pishirish jarayonining matnli tavsifi.

C) Aksiyada qatnashadigan assortimentdagi Mahsulot qadog'i va / yoki mahsulot bilan birga tushirilgan tayyor taomning fotosurati (Qoidalarning 2-bandi).

6.1 Yuborilgan retseptlar Aksiya tashkilotchisi tomonidan ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab 48 soat ichida yuqoridagi shartlarga muvofiqligi tekshiriladi.

6.1.1 Agar retsept shartlarga javob bersa, u Aksiyaning rasmiy www.schedroeleto.uz saytida e'lon qilinadi, Aksiya Ishtirokchisi esa sovrinlar o'yinida qatnashadi.

6.1.2 Aksiyaning har bir Ishtirokchisi, aksiya davomida joriy hafta uchun, o'yin o'tkazilgunga qadar, taomlarning ko'pi bilan 5 ta fotoretseptlarini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

 

7. Aksiyaning www.schedroeleto.uz saytida e'lon qilingan har bir Ishtirokchisi, Aksiya o'tkazilish davrida haftalik sovrinli o'yinlarda qatnashadi.

7.1 Har hafta "Mediapark" do'konlarida maishiy texnika sotib olish uchun har biri 2500000 (ikki million besh yuz ming) so'm qiymatdagi 6 (olti) ta sertifikat o'ynaladi (keyingi o'rinlarda - Sovrin), Aksiya o'tkazilish davrida jami 36 ta Sertifikatlar o'ynaladi.

Sertifikat 2021-yil 31-iyulgacha amal qiladi, ya'ni G'olib "Mediapark" do'konlarida 2021-yil 31-iyuldan kechiktirmay olingan sertifikat miqdori uchun maishiy texnika tanlashi kerak.

Sertifikat faqat “Mediapark” do'konlarida amal qiladi. Do'kon manzillari www.mediapark.uz veb-saytidagi "Do'kon manzillari" bo'limida ko'rsatilgan.

7.2. Sertifikatdagi qiymatdan kam qiymatli tovar sotib olinganda, qiymatning qolgan qismi naqdlashtirilmaydi. Qolgan qiymatga ham tovar sotib olish zarur.

7.3. Agar tovarlarning qiymati sertifikatning nominal qiymatidan oshib ketsa, g'olib tovarlar qiymatining yetishmayotgan miqdorini o'z hisobidan to'lash majburiyatini oladi.

7.4. G'olib, yutib olingan sertifikatni uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas.

 

8. Haftalik sovrinlar o'yini har dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 12.00 da (GMT +5) avtomatik ravishda o'tgan hafta uchun ro'yxatdan o'tgan www.schedroeleto.uz saytida e'lon qilingan Aksiya Ishtirokchilari o'rtasida yaratilgan interfeysda o'tkaziladi. O'yin videoyozuvi "Shedroe Leto" SB ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.

(https://www.facebook.com/shedroeleto.uz/; https://www.instagram.com/shedroe_leto_uz/?hl=ru ; https: // ok. ru / profile / 578527578124; t.me/shedroeleto).

Haftalik sovrinli o'yinlar quyidagi sanalarda o'ynaladi: 17.05.2021, 24.05.2021, 31.05.2021, 07.06.2021, 14.06.2021, 21.06.2021.

 

9. O'yin o'tkazilish kunida asosiy G'oliblar ro'yxati va zaxira g'oliblar ro'yxati aniqlanadi. Aksiya g'oliblari tasodifiy tanlab olish prinsipiga asoslangan, maxsus tasodifiy raqamlar generatsiyasi kompyuter dasturi yordamida aniqlanadi.

 

10. Sovrinlarni yutgan Aksiya ishtirokchilari, o'yin o'tkazilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida @shedroe leto 2021 Telegram-botida ro'yxatdan o'tayotganda Ishtirokchining So'rovnomasida ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali xabardor qilinadi. Agar Aksiya g'olibi bilan o'yin o'tkazilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida bog'lanishning iloji bo'lmasa, yoki Asosiy g'olib sovrinni rad etsa, shuningdek G'olib sovrinni olish uchun kerakli hujjatlarni taqdim qilmasligi ham shu bilan teng (Qoidalarning 14-bandiga muvofiq), sovrin Aksiyaning zaxira g'oliblari ro'yxatidagi birinchi Ishtirokchiga beriladi.

 

11. O'yin ishtirokchisi haftalik sovrinni haftada bir marta yutishi mumkin. Takroriy g'oliblik holatida, sovrin avtomatik ravishda Aksiyaning zaxira g'oliblari ro'yxatidagi birinchi Ishtirokchiga o'tadi.

 

12. Aksiya g'oliblari ro'yxati www.schedroeleto.uz saytida yoki Telegram @shedroe_leto_2021_bot Telegram-botida sovrin G'olibga topshirilgandan keyin 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay e'lon qilinadi.



13. Agar Aksiya g'olibi, voyaga yetmagan (ya'ni 18 yoshga to'lmagan) O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lsa, mukofotni uning qonuniy vakillaridan biri (ota-onalar / vasiylar / homiylar) ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini, ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi yoki vasiylik / homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali olishlari mumkin.

14. Sovrin rad qilingan taqdirda, Aksiya g'olibi Tashkilotchiga yozma ravishda rad qilish to'g'risida yozma ariza taqdim etishi shart.

15. Aksiya doirasida o'tkazilgan barcha o'yinlarning natijalari yakuniy hisoblanadi va qayta ko'rib chiqilmaydi.

16. Aksiya g'oliblari sovrinni olish uchun Tashkilotchiga elektron pochta orqali quyidagi ma'lumotlar va hujjatlarni taqdim etadilar:

egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bilan (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining yoki ID-kartasining asl nusxasi);

soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

 

17. Tashkilotchi ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiya Ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan, sovrinni olish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning noto'g'riligi, o'z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun javobgarlik zimmasiga emas.

 

18. Sovrin sertifikati Aksiya g'olibidan 14-bandda ko'rsatilgan hujjatlar olingandan so'ng quyidagi yo'llar orqali beriladi:

 

A) Aksiya Tashkilotchisining ko'k dumaloq muhri bilan "Mediapark" do’konlar tarmog'ining bosma sertifikatini Aksiya g'olibi ko'rsatgan manzilga tezkor pochtadan yuborish orqali.

B) Tashkilotchining Toshkent shahridagi O'zbekiston, 100047, Toshkent sh., S. Azimova ko'ch., 68-uy, 510-ofis manzilida joylashgan ofisida sertifikat olish.

 

19. G'olib tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ushbu qoidalarning 14-bandida nazarda tutilgan verifikatsiyadan so'ng Sertikifatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash yo'li bilan Tashkilotchining sovrinlarni haqiqiy shaklda berish majburiyati Aksiya G'olibiga sertifikatlar topshirilgan vaqtdan e'tiboran kerakli tartibda bajarilgan deb hisoblanadi.

 

20. Sovrinlarni naqd yoki boshqa unga teng shaklda olish va boshqa sovrin bilan almashtirish mumkin emas.

 

21. G’oliblar tomonidan Sertifikatlar bo’yicha sotib olingan barcha maishiy texnika yangi hisoblanadi. Aksiya g'oliblari tomonidan Sertifikatlarga muvofiq sotib olingan uskunalarning holati, sifati va boshqa xususiyatlari uchun Tashkilotchi javobgar emas.

 

22. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sovrinlar uchun majburiy soliqlar Aksiya Tashkilotchisi tomonidan to'lanadi.

 

23. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Qoidalarning 6-bandida ko'rsatilgan Aksiya shartlariga mos kelmaydigan retseptning yuborilishi, o'yinda ishtirok etishning taqiqlanishiga olib keladi.

 

24. Retseptni ro'yxatdan o'tkazish Aksiya Ishtirokchisining Aksiya shartlariga to'liq roziligini va Tashkilotchidan reklama va axborot materiallarini olishga roziligini anglatadi.

 

25. Aksiya tashkilotchisi quyidagilar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

A) Ishtirokchining ushbu Qoidalar bilan tanishish imkoniyati yo'qligiga.

B) Ishtirokchi tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki o'z vaqtida bajarilmasligiga;

C) G'oliblarni tasodifiy tanlash va ovozlarni hisoblashdagi xatolar uchun, taqdim etilgan retsepti va g'olibni tanlashning nomuvofiqligi uchun;

D) Aksiya g'oliblari tomonidan sertifikatdan o'z vaqtida foydalanilmaganligi uchun (2021-yil 31-iyundan keyin);

 

26. Aksiya Tashkilotchisi Ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va himoya qilish borasida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

 

26.1 Aksiyada qatnashib, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma'lumotlarni ko'rsatishni o'z zimmasiga oladi, shuningdek, o'z ixtiyori va o'z manfaati asosida harakat qilib, Tashkilotchiga va Operatorga o'zining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi. Shaxsiy ma'lumotlar bilan quyidagi harakatlarni amalga oshirishga rozilik beriladi: O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda yig'ish, qayta ishlash, ishlatish, tarqatish.

 

26.2 Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchilar Tashkilotchiga aksiya o'tkazish maqsadida o'zlari ixtiyoriy ravishda taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlar tashkilotchi/buyurtmachi, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalangan holda vakolatli shaxslar tomonidan ko'rib chiqilishiga rozilik beradilar. Ishtirokchining roziligini bekor qilish to'g'risida yozma xabarnoma olingan taqdirda, Tashkilotchi/Buyurtmachi va (yoki) ular vakolat bergan shaxslar bunday Ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashni to'xtatadi va shaxsiy ma'lumotlarni bekor qilish haqidagi xabarnoma olingan sanadan boshlab 10 (o'n) ish kunidan oshmagan muddatda yo'q qiladi. Bu holda Ishtirokchining bundan keyin Aksiyada ishtirok etishiga va uning Sovrin olishiga ruxsat berilmaydi.

26.3 Sovrinlarni qo'lga kiritgan Ishtirokchilarning shaxsiy ma'lumotlari Aksiya o'tkazilgandan so'ng 3 (uch) yil mobaynida maxfiylik shartlari asosida O’zbekiston Respublikasining amadlagi qonunchilik talablariga muvofiq saqlanadi, shundan keyin esa shaxsiy ma'lumotlar yo'q qilinadi.

26.4 Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik Aksiya Ishtirokchisi tomonidan Aksiya o'tkazilishining butun muddati va Aksiya tugaganidan keyingi 3 (uch) yil uchun taqdim etiladi.

 

27. Aksiya Tashkilotchisi va Buyurtmachisi Aksiya shartlarini bir tomonlama o'zgartirish yoki unga qo’shimcha qilish huquqiga ega, bunda o'zgarishlar/qo’shimchalar kuchga kirishidan 1 (bir) kalendar kun oldin www.schedroeleto.uz saytida e'lon qilinishi kerak.

 

28. G'olib deb topilgan Aksiya Ishtirokchilari avtomatik ravishda qo'shimcha roziligisiz Tashkilotchiga yoki uning vakolatli vakilga o'z ismi, familiyasi, otasining ismi, fotosurati, yashash shahrini ommaga e'lon qilish, shuningdek har qanday reklama maqsadlarida, shu jumladan radio va televideniya, Internet-resurslar va axborotni tarqatishning boshqa vositalariga tarqatish uchun har qanday reklama materiallarini tayyorlash uchun foto-, videosuratga olish huquqini, ulardan foydalanish muddatini, tarqatish hududini cheklamagan va qo'shimcha ish haqi to'lanmagan holda rozilik taqdim etadilar.

 

29. Aksiyada qatnashish shartlari bilan bog'liq barcha savollarni www.schedroeleto.uz/faq.html saytida, shuningdek +998909311887 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilish orqali berishingiz mumkin.

Ishonch telefonining ish jadvali: dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 17:30 gacha.

Tashkilotchi ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan bandlardan tashqari, boshqa barcha masalalar bo'yicha Aksiya Ishtirokchilari bilan yozishmalar yoki boshqa aloqalar o'rnatmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi.

 

30. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga tayanadilar.